alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasining navbatdagi yig‘ilishi

14:48 11.08.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashi va profesor-o‘qituvchilarining navbatdan tashqari yig‘ilishida “Institutda 2020/2021 o‘quv yiliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari”, “Viloyat tuman va shaharlari poliklinikalarida koronavirusning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda institut professor-o‘qituvchilarining ishtiroki”, “Korrupsiyaga qarshi kurash: muammo va yechim” kabi mavzular muhokama qilindi.

Dastlab, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh.Arziqulov yangi o‘quv yiliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, koronovirus pandemiyasiga qarshi kurash borasida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobot berdi. Muhim masalalar ishtirokchilar tomonidan muhokama qilindi, tegishli xodimlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

“Korrupsiyaga qarshi kurash: muammo va yechim” mavzusida institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.X.Asxanov ma’ruza qildi va  mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan joriy yil “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligiga qaramay  so‘nggi oylar davomida oliy ta’lim tizimida sodir etilgan korrupsion holatlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

2020/2021 o‘quv yili uchun Andijon davlat tibiyot institutida o‘qish uchun 1 o‘ringa 28 nafardan abiturient hujjat topshirgan. Bu respublikadagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida eng yuqori o‘rinlardan biri bo‘lishi bilan birga institut nufuzi va salohiyatini ko‘rsatadi. Ammo kuni kecha ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda “o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga abiturientdan 2000 AQSH dollari olgan dotsent qo‘lga olin”ganligi haqida tarqatilgan xabar  Andijon davlat tibiyot instituti sha’niga katta dog‘ bo‘lib tushdi. Institut rektori, professor M.M.Madazimov bu xabarni achinish bilan jamoaga yetkazdi.

Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti kafedra dotsenti G.Q. dastlab fuqaro Sh.B.ni mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da berib, 8000 AQSH dollari talab qiladi, biroq hozirda institutga hujjatlarni topshirish muddati o‘tganligini ma’lum qilib, Qirg‘iziston Respublikasi Osh davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga talab qilingan pullardan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilishda institut rektori davlat va jamiyat taraqqiyotiga rahna soluvchi  korrupsiyaga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ma’naviy tanazzulga yuz tutgan ayrim insonlfrga ta’sir etmayotganligi, oliy ta’limda, tibbiyot sohasida, tibbiy ta’lim sohasida korrupsiya, poraxo‘rlik, firibgarlik holatlarining sodir bo‘layotganligi juda achinarli hol ekanligini ta’kidladi.

Tergov ishlari olib borilayotgan yuqorida bayon etilgan holat bo‘yicha aybdor kafedra mudirlari, fakultet dekanlari tegishli jazo olishlari muqarrarligini aytib o‘tdi. Vijdonsiz, noinsof xodimlar tufayli institut nufuziga dog‘ tushirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, bunday insonlarga institutda o‘rin yo‘qligi alohida ta’kidlandi.

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!