alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti “Medical Leaders’ Club” talabalar ilmiy jamiyatining 1-jamoaviy olimpiadasi o‘tkazildi

12:30 15.12.2020

Institut miqyosidagi Olimpiada ADTI o’quv ishlari prorektori B.R. Abdullajonov va normal fiziologiya kafedrasi tomonidan tashkil etildi. Olimpiada jamoaviy ko’rinishda tashkil etilgan bo’lib, har bir jamoa 6 ta talabadan iborat bo‘ldi.

ADTI 3-kurs talabalaridan iborat 5 ta jamoa – «Renessans», «Avangard», «Adrenalin», «Steroid», » Intelligens» jamoalari g‘oliblik uchun 3 bosqichda:  1-bosqich “Tanishtiruv va taqdimot”, 2- Saralash, 3-bosqich “Final bosqichi” kurash olib bordilar.

Ishtirokchilar 1-bosqichda jamoalar va ularning tarkibi haqida umumiy ma’lumot berishdi va tibbiy-fundamental fanlar va klinik fanlarning o’zlashtirishlari bo‘yicha bilimlarini ko‘rsatishdi.
2-bosqichda “Blits savollari”, “Test savollari”, “Vaziyatli masalalar” bo‘yicha sinovdan o‘tdilar.

3- bosqichda – final bahsida Jamoa a’zolarining individual bilim darajasini aniqlandi.
Ishtirokchilarning bilimlarini farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi katta o`qituvchisi F.F.Zagrutdinov, patologik fiziologiya kafedrasi katta o’qituvchisi M.Madumarova,  normal fiziologiya kafedrasi mudiri A.Xudoyarova,  gospital terapiya kafedrasi dotsenti B.Vahobovlardan iborat  hakamlar hay’ati a’zolari baholab bordilar.

Qiziqarli bas’hladan so‘ng «Medical Leaders Club» talabalar ilmiy jamiyatida o’tkazilgan 1-jamoaviy olimpiada natijalari quyidgicha bo‘ldi:
1-o’rin  «RENESSANS»  jamoasi, 2-o’rin «STEROID»  jamoasi, 3-o’rin «INTELLIGENCE»  jamoasiga nasib etdi.

Bundan tashqri olimpiadaning Jamoaviy nominatsiyalari bo‘ycha «Eng ahil jamoa» deb «INTELLIGENCE»  jamoasi topildi. «Eng kreativ jamoa» «ADRENALIN» jamoasi bo‘ldi.
Individual nominatsiyalar bo’yicha «Eng bilimdon talaba»  Husanboy Babaxanov bo‘ldi, «Yosh lektor talaba» nominatsiyasi bo‘yicha esa Shoxjahon Abdurahmonov g‘olib bo‘ldi.

Barcha g‘oliblar institut ma’muriyati va tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.

Muslimbek Hoshimov

ADTI Davolash fakulteti 423-gurux talabasi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!