alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti Murabbiylar kengashining navbatdagi yig‘ilishi

17:51 03.12.2020

Murabbiylar kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b. B.Abdullajonov olib bordi. Kengash ishida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.v.b. A.Abduxalimov, Murabbiylar kengashi raisi A.Arzibekovlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b. B.Abdullajonov so‘z olib pandemiya sharoitida institut jamoasi oldida turgan vazifalar xususida to‘htalib o‘tdi , murabbiylar o‘z guruhidagi talabalar bilan uzviy aloqada bo‘lishi zarurligini alohida ta’kidladi.  Shuningdek talabalarining kiyinish madaiyati, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda amalga oshirishlari zarur masalalar yuzasidan fikr bildirdi. Talabalar haqidagi ma’lumotlarni, talabalar turar joyidagi “Xona daftari”ni to‘ldirish, talabalarning ota-onalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi kamchiliklar tanqid qilindi.

Shuningdek yig‘ilish davomida talabalar turar joylari hamda ijara uylarda turuvchi talabalarning yashash sharoiti, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotganligini nazorat qilish, “Murabbiylik soati”ni o‘tkazish, murabbiylarning faoliyatini tahlil qilish, yangi guruhlarga murabbiylarni taqsimlash, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash kabi masalalar muhokama qimlindi.
Murabbiylar ko‘rilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Yig‘ilish yakunida tegishli qaror qabul qilindi.

Odiljon KARIMOV,

ADTI matbuot kotibi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!