alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI MUTAXASSISLARI “KEKSALAR SALOMATLIK OYLIGI”DA FAOL ISHTIROK ETMOQDA

18:09 04.08.2023

Ayni kunlarda Sog‘liqni saqlash vazirining tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshi ulug‘ nuroniylarni sog‘lomlashtirish va ularga bo‘lgan eʼtiborni yana-da kuchaytirish maqsadida Andijon viloyatining barcha tuman, shaharlarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazib kelinmoqda.

Shu kabi tadbirlardan biri Shahrixon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli  Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hududidagi yoshi ulug‘ nuroniylar uchun ham o‘tkazildi. Ushbu salomatlik tadbirida Andijon davlat tibbiyot institutining jami 12 nafar (kardiolog, endokrinolog, terapevt, stomatolog, nevropatolog, urolog, xirurg, neyroxirurg, travmatolog) malakali mutaxassislari ishtirok etdi.

Dastlab, tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikka kelgan nuroniylarga jismoniy faollikning sog‘lik uchun foydali jixatlari haqida ma’lumot berildi va keksalarni uyda mustaqil bajarishlari mumkin bo‘lgan jismoniy mashqlar ko‘rgazma shaklida namoyish etildi.

Tibbiy tadbir davomida hududdagi jami 394 nafar keksa yoshdagi fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘ruvlar davomida yotib davolanishi zarur bo‘lgan 5 nafar bemorga viloyat va 12 nafar bemorga tuman shifoxonasida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, sog‘ligi bo‘yicha ambulator davolanishi lozim bo‘lgan fuqarolarimizga davlatimiz tomonidan ajratilgan bepul dori darmonlar tarqatildi. Tadbir davomida barcha nuroniylarning tana uzunligi va og‘irligi, qon bosimi o‘lchandi, klinik laborator tekshiruvlar o‘tkazilib ko‘rsatma bo‘yicha EKG, Rentgen, UTT tekshiruvlari o‘tkazildi. Mazkur poliklinikaga qarashli hududda yashovchi 4 nafar keksalar kerakli mutaxassislar tomonidan uylarida ko‘rikdan o‘tkazilib, zaruriy tavsiyalar berildi va sog‘lomlashtirish ishlari olib borildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!