alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti olimalarining yana bir yutug‘i

19:08 09.01.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida bemorlar dardiga malham bo‘luvchi mehribon, qo‘li engil, tili shirin shifokor ayollar, opa-singillar juda ko‘p. Institutda faoliyat ko‘rsatayotgan olimalarning yutuqlari nafaqat respublikamizda, balki dunyo miqyosidagi tibbiyot muassasalarida ham alohida e’tirof etilmoqda. Yutuqlar esa kundan-kunga ortib, ko‘payib bormoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti olimalaridan yana bir quvonchli xabar, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston Ixtirochi ayollar uyushmasi tomonidan yurtimizning iqtidorli xotin-qizlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innavatsion loyihasi” uchinchi respublika tanlovining Andijon viloyati bosqichida axborot kommunikatsion texnologiyalar (AKT) sohasi bo‘yicha “Eng yaxshi innovatsiya” nominatsiyasida Andijon davlat tibbiyot instituti gospital va shoshilinch pediatriya kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.n. Xurmatxon Qamchiyevna Xankeldieva g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

X.Q.Xankeldieva o‘z loyihasida bolalarda bronxial astma kasalligini davlashda vegetativ va qalqonsimon bez faoliyatiga bog‘liq holda tashxislashning zamonaviy usullarini AKT sohasi bo‘yicha programmalashtirilgan matematik modellashtirish dasturini taklif qildi.

Andijon davlat tibbiyot instituti gospital va shoshilinch pediatriya kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.n. X.Q.Xankeldiyevaga “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innavatsion loyihasi” uchinchi respublika tanlovining respublika bosqichida ham g‘alaba qozonishini tilab qolamiz.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!