alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti pediatriya fakultetining navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi

12:17 21.08.2020

21 avgust kuni Andijon davlat tibbiyot instituti pediatriya fakultetining navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda pediatriya fakulteti dekanati xodimlari va fakultetga qarashli 15 ta kafedra mudirlari va o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni fakultet dekani A.A.Gafurov ochdi va kengash kun tartibi bilan tanishtirib o‘tdi. Kengash ishida kafedralarning 2020-2021 o‘quv yiliga tayyorgarligi, modul tizim bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi, kamchiliklar muhokama qilindi.
Bundan tashqari talabalar ilmiy jamiyatinining faoliyati, professor-o‘qituvchilarni ilmiy mahsulotlarini ko‘paytirish va internet tizimini kafedralarda faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha topshiriklar berildi.

Yig‘ilish savol-javob va muzokara tarzda o‘tkazildi. Kamchiliklarni bartaraf etish va topshiriqlarni vaqtida bajarish bo‘yicha kelishib olindi.

A.Ketmonov

 ADTI pediatriya fakulteti dekan o’rinbosari

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!