Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari JSST bilan hamkorlikda o‘tkazilgan onlayn-konferensiyada ishtirok etdilar

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy vakilligi va Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorlikda o‘tkazgan onlayn video konferensiyada Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi mutaxassislari ishtirokida koronavirus kasalligiga qarshi kurash mavzusida tajriba almashinish, imkoniyat va muammolarga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

Andijon davlat tibbiyot instituti vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekan X.X.Tursunov Farg‘ona vodiysi sharoitida koronavirus infeksiyasi bilan kurash maqsadida vrachlarning malakasini oshirish va zahira kadrlar – infeksionist, epidemiolog, PSR laborant, anesteziologlar tayyorlash, o‘rta va kichik tibbiy xodimlar malakasini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar va chora-tadbirlar mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyati bo‘yicha kornovirus bilan kasallangan bemorlar yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni berdi.

Onlayn-konferensiya yakunida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Onlayn video konferensiya ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, o‘rtaga tashlangan masalalar qizg‘in muhokama qilindi.

ADTI Axborot xizmati