alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolayotgan shifokorlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi

17:19 13.04.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Andijon va Namangan viloyatlarining yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolayotgan shifokorlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdilar.

Shifokorlar bilan o‘tkazilgan onlayn muloqotda institut Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti  dekani professor X.X.Tursunov, davolash fakulteti dekani, dotsent B.Mamatov, shuningdek endokrinologiya, bolalar nevrologiyasi, yuqumli kasalliklar, anesteziologiya-reanimatologiya va kardiologiya ixtisosliklari bo‘yicha yetuk mutaxassislar ishtirok etishdi.

Onlayn muloqot davomida koronavirus bilan kasallangan og‘ir bemorlarda uchrayotgan klinik holatlar yuzasidan va ularni davolash chora-tadbirlari bo‘yicha aniq maslahat va ko‘rsatmalari berildi.

Institut anesteziologiya-reanimatologiya, bolalar  anesteziologiya-reanimatologiya kafedralari, vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi mudirlari va xodimlari tomonidan Andijon va Namangan viloyatlari  anesteziologiya-reanimatologiya mutaxssislari uchun koronavirus bilan kasallangan og‘ir holatdagi bemorlarni davolash masalalari yuzasidan masofaviy ta’lim tizimi  yo‘lga qo‘yildi va mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

X.X.Tursunov

ADTI VMO va QTF dekani

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!