alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari  Ulug‘nor tumani umumta’lim maktablarida

19:59 18.12.2020

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 87-02-664-sonli modemogrammalarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Ulug‘nor tumanidagi 23-umumta’lim maktablarida bo‘lishdi.

X.Aliev rahbarligidagi A.Sattarov, X.Sapioxunovalarning tashrifidan ko‘zlangan maqsad oliy ta’lim va maktablar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tashrif davomida ta’lim sifatini yaxshilash, kasbiy mahoratini oshirish, medotik yordam berish maqsadida o‘qituvchilar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqotda bo‘lib oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari, maktab dasturiga kiritigan fanlarning ahamiyati haqida tushuncha berishdi, o‘quvchilarni qiziqtigan savollarga  batafsil javoblar berishdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilarining maktablar jamoalari bilan uchrashuvlari davomida mazkur hamkorlik muntazam davom etishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!