alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda

18:08 08.02.2020

Mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida oliy ta’lim tizimini isloh qilish borasida fikrlar bildirar ekan oliy ta’lim muassasalarining xorijiy OTMlar bilan aloqasini kengaytirish borasida alohida to‘htalib o‘tdi. Ilm-fan taraqqiyotida xalqaro aloqlar alohida o‘ringa ega.
Andijon davlat tibbiyot institutining nufuzi kundan kunga o‘sib xorijiy hamkorlik aloqalari ko‘lami kengayib bo‘lmoqda. Ayniqsa, qo‘shni davlatlar – Qirg‘iziston, Qozog‘iston davlatlari oliy ta’lim dargohlarining hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasidagi takliflari institut jamoasini quvontirmoqda.
Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti xorijiy tibbiyot fakulteti dekani J.Muratov boshchiligida qirg‘izistonlik mehmonlar Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

Qirg‘izistonlik mehmonlar bilan institut rektori M.M.Madazimov, Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi mudiri Z.Kaharovlar suhbatda bo‘lishdi. Samimiy suhbat davomida institut rektori institutning ilmiy salohiyati, xorijiy hamkorlari, institutda xorijiy talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar   bilan tanishtirdi.
O‘sh davlat universiteti vakillari hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, qo‘shma dasturlar ishlab chiqish, ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etish borasida takliflarini bildirdilar.  Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi takliflar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universtiteti vakillarining Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrifi ikki tomon uchun foydali kelishuvlar bilan yakunlandi

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!