Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyatining talabalar bilan uchrashuvi davom etadi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov tashabbusi bilan Yangi yilning ilk kunlaridan institut talabalari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda. Instituti ma’muriyatining talabalar bilan ochiq muloqotlarida institut rektori, prorektorlar, dekanlar ishtirok etishmoqda. Navbatdagi ochiq muloqot davolash fakultetining 2-bosqich talalari bilan o‘tkazildi. Institutning 2-ma’ruzalar zalida o‘tgan ochiq muloqotda institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Sh.Arziqulov,  davolash fakulteti dekani B.Mamatov, dekan o‘rinbosari J.Ahmadaliyevlar ishtirok etishdi.

Samimiy suhbat tarzida o‘tgan uchrashuv davomida institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Sh.Arziqulov har birimiz yurtimizdagi tinchlik, hotirjalikni qadrlashimiz zarurligini ta’kidlab o‘tar ekan, shifokorlik kasbining mas’uliyati, sharafli bu kasbni egallashlari uchun institut talabalariga yaratilgan shart-sharoitlar xususida so‘z yuritdi. Shuningdek, shifokorlik kasbini tanlagan yosh hamisha sidqidil bilan mehnat qilishi, bemorlarga samimiy bo‘lishi, bilim va ko‘nikmalarini boyitib borishi zarurligini ta’kidlab o‘tdi.  Prorektor talabalarni o‘quv jarayonidagi yangiliklar bilan tanishtirdi, bu borada talabalarning fikrlarini tingladi.

Davolash fakultetining 2-bosqich talalari bilan Institutning 1-ma’ruzalar zalida o‘tgan ochiq muloqotda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.X.Asxanov, davolash fakulteti dekan o‘rinbosari J.Ahmadaliyev, U.Karimovlar ishtirok etishdi. Uchrashuvda so‘z olgan institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.X.Asxanov mamlakatimiz Prezidentining 2019-yilning27-dekabr kuni faol yoshlar vakillari bilan uchrashuvida yoshlar bilan amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, talabalarni o‘ylantirayotgan masalalarni echimini topishga yordamlashish, faol yoshlar ko‘magiga tayanish, ularga yaratilayotgan ijtimoiy sharoitlarni yaxshilashga jiddiy e’tibor berish borasida belgilab bergan vazifalar xususida so‘z yuritdi.  Shundan so‘ng, talabalarning malakali mutaxassislar  bo‘lib kamolga etishilari uchun esa institutda barcha shart-sharoitlar yaratilganligi ta’kidlar ekan, Institutning smulatsion markazi, Axborot-resur markazida mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan talabalar yaxshi yutuqlarga erishayotganligi, yoshlarni kitob bilan do‘st bo‘lishlari zarurligini uqtirib o‘tdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti prorektorlari talabalar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari davomida tibbiyot instituti talabalari kiyinish madaniyatiga, institut ichki tartib-qoidalariga amal qilishi,  xorijiy tillarni o‘rganishi, to‘garaklarga faol qatnashishi zarurligini aytib o‘tdilar. Talabalar samimiy muloqot uchun institut rahbariyatiga minnaddorchilik bildirdilar.

ADTI axborot xizmati

223