alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimovning 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Bayram tabrigi

11:58 14.01.2020

Hurmatli ustozlar, aziz hamkasblar, qadrli Vatan himoyachilari!
Vatan barchamiz uchun muqaddasdir. Vatanni himoya qilish barchamizning sharafli burchimiz. Vatan himoyasiga bel bog‘lagan har bir yigit-qiz hamisha elimiz ardog‘ida.
Tibbiyotchilar bilan harbiy xizmatchilar hamkasbdir. Har qanday vaziyatda tibbiyotchilar harbiylar – ofitser va askarlar bilan birga. Tibbiyot institut bitiruvchilarining ofitserlik unvoniga ega bo‘lishlari ham yana bir faxrlanarli holdir. Ofitserlik libosida turgan tibbiyotchilarimiz bizning faxrimiz.
Mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini tunu kun himoya qilib kelayotgan Vatan himoyachilari, bir-biridan o‘ktam, mard va jasur o‘g‘lonlar! Sizlarni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan chin dildan muborakbod etaman!
Sizlarning yakdil, bir so‘zli, kuchli va ishonchli ekanligingizni hamisha qadrlaymiz. Barchangizga ona Vatan va xalqingiz oldidagi muqaddas burchingizni ado etishdek sharafli, mas’uliyatli ishlaringizda zafar va omad, sihat-salomatlik, kuch-quvvat, matonat tilab qolamiz.
Vatanimiz himoyasi sizlardek ishonchli, qat’iyatli va kuchli posbonlarimiz qo‘lida ekanligidan hamisha  faxrlanamiz!
Qadrli Vatan himoyachilari! Jonajon O‘zbekistonimiz, xalqimiz, oila a’zolaringiz, yaqinlaringiz baxtiga doimo sog‘-omon bo‘ling!
 Yana bir bor bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!