alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI M.M.MADAZIMOVNING BAYRAM TABRIGI

14:44 13.01.2024

Aziz, yurtdoshlar, qadrli Vatan himoyachilari!

Barchangizga 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin! Ushbu bayramni mardlik, jasorat va burch bayrami desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Boisi, Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni Vatan va xalqi oldidagi muqaddas burchi deb hisoblayman. Vatanni himoya qilish asosan yigitlar zimmasida bo‘lganligi bois, oilalarda o‘g‘il bolalar tarbiyasiga alohida eʼtibor berilgan. Ularni mustahkam irodali, qatʼiyatli, yurt ishi uchun fidoyi insonlar qilib tarbiyalashga harakat qilishgan.

Shu bois, bugun ana shunday yuksak fazilatlarga ega yoshlarimiz, qatʼiyatli, bir so‘zli, yurtiga sadoqatli, mard va jasur Vatan himoyachilari yetishib chiqqan. Ular bor ekan yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Vatanimiz gullab-yashnab, har kunimiz osuda va quvonchli onlarga to‘liqdir.

Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi, yorug‘ tonglarimiz uchun fidokorona mehnat qilayotgan harbiy xizmatchilarimizning mashaqqatli mehnat faoliyatlarida kuch-quvvat tilayman.

Sizlarga hamisha sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik-hotirjamlik, kasbiy faoliyatingizda omad va zafarlar yor boʻlsin!

Vatanimiz sarhadlarini qoʻriqlash, tinchligini saqlashdek sharafli va muqaddas burchingiz yoʻlida hamisha ildam bo‘ling! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

M.M.Madazimov,

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!