alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimovning “Keksalarni eʼzozlash haftaligi” doirasida oʻtkazilgan tadbirda faxriy ustozlarga yoʻllagan tabrigi

11:47 09.10.2021

Assalomu alaykum aziz ustozlar, fidoiylar, asr bilan yuzlashayotgan faxriylar!

Avvalo, qoʻlim koʻksimda, barchangizni bugungi bayram bilan tabriklayman! Oilamizga, Andijon davlat tibbiyot institutiga xush kelibsiz deyman.

Respublikamizda oktbyar oyining 1-haftasi “Keksalarni eʼzozlash haftaligi” deb eʼlon qilindi. Haftalik doirasida Andijon viloyatida ham faxriylar bilan  tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.   Jumladan,  “Keksalarda xislat koʻp, soʻzlarida hikmat koʻp” nomi bilan ataluvchi bugungi  tadbirimizda Siz bilan uchrashib turganimizdan bagʻoyat xursandmiz.

Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash,   keksa yoshdagi fuqarolarni mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida toʻla huquqli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, katta avlodning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirish maqsadida koʻplab  Prezident farmonlari, qarorlari, davlat dasturlari qabul qilinmoqda.

Oʻz oʻrnida Sizlarning  Oʻzbekistonni yangilash va rivojlantirishning maʼnaviy-axloqiy negizlarini mustahkamlashdagi jonbozligingiz,  mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi  faol ishtirokingiz,  yoshlarni Vatanga muhabbat, keksa avlod kishilarini hurmat qilish, ezgulik va rahmdillik singari xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini  targʻib qilish borasida olib borayotgan faoliyatingiz, yoshlarga qoldirayotgan ibratli “Ota-onalar sharqona maktabi”ngizni jamiyatga boʻlgan  manfaatlarini har qancha gapirsak, shunchalar  oz.

Bugun safimizda mana shunday jamiyatimizga, Vatanimiz ravnaqiga beminnat  oʻz hissasini qoʻshgan Xoʻjamberdiyev Mamazoir Axmedovich,

Qodirov Shokirjon, Aleynik Vladimir Aleksevich, Baybekova Gulfiya Djiganshayevna, Calaxidinov Adiljon,Kasimova Nurxon Djurayevna, Ismailov Ibragimjon Ismailovich, Abdunazarov Tuxtasinbay, Xalilov Andijanbay, Uzbekova Nelli  Rafikovna, Latipova Kime Yusupovna , Saliyev  Kadirjon Karimovich, Chartakova Xalima Xakimdjanovnalarni koʻrib turganimdan judayam xursandman.

Keksalik yoshiga yetib borish ham aziz neʼmatlardan biri hisoblanadi. Siz kabi  tabarruk yoshdagi otaxon-onalarimizning holidan xabar olib turishni,  imkonimiz darajasida oqibat, mehr-muruvvat koʻrsatishni vijdon amri, Sizning hayotiy tajribalaringiz  hamda turmush saboqlaringizdan foydalanishni esa oʻzimizga faxr deb bilamiz. Oʻylayman-ki, bu kabi eʼtibor, eʼzoz inson umriga umr qoʻshadi. Faxriylarga boʻlgan izzat-ikromning ortida avvalo yurtboshimiz, Muhtaram Shavkat Miromonovich turibdilar. Bugungi tadbir munosabati bilan Sizlarni shaxsan yurtboshimiz nomidan tabriklab, yaqinlashib kelayotgan  Prezidentlik saylovlarida faol ishtirok etishga chaqirib qolaman.

Har biringizda hislat, soʻzlaringizda hikmat koʻp, bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ustozlar! Yana bir bor, xush kelibsiz!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!