alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI M.M.MADAZIMOVNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGANLIGINING 31 YILLIGI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

08:00 10.12.2023

Assalomu alaykum, qadrli institutimiz jamoasi, aziz ustozlar va talabalar!

Bugun, 10-dekabr barchamiz uchun qadrli va har eshitganda bizni g‘urur va iftixor tuyg‘ular chulg‘ab oluvchi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi haqidagi qaror 1992-yilning 10-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasining Yuqori Kengashining 11-chaqirigʻida qabul qilingan. Ushbu madhiya 1992-yildan hozirgi paytgacha Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi hisoblanadi.

Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov soʻzi, Oʻzbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov musiqasi bilan bastalangan ushbu moʻjaz qoʻshiq har birimizning dilimizga oʻzgacha mehr bilan muxrlangan. Undagi so‘zlar shunchaki so‘zlar emas, xalqimizning orzu umidi va kelajagidir.
Har bir satrida xalqimizning o‘ziga xos qadriyatlari, mehnatsevarligi, bag‘rikengligi, go‘zal vodiy ta’rifi-yu, yoshlarga bildirilgan xalqning ishonchi aks etgan madhiyamizni hamisha qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘ygan holda mag‘rur ijro etamiz.

Turli sohalarda muvaffaqaiyatlarga erishayotgan yoshlarimiz esa dunyo miqyosida Vatan bayrog‘ini baland ko‘targan holda, madhiyamizni jahon saxnalarida baralla kuylamoqdalar.
Aziz ustozlar va talaba-yoshlar! Sizlar ham oʻqish va ishdagi yutuqlaringiz bilan yuqori marralarni zabt etib, xalqaro miqyosda bayrogʻimizni baland koʻtarib, gʻurur bilan madhiyamizni ovoza eting. Biz sizga ishonamiz va hamisha qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz!

Qadrli institutimiz jamoasi, sizlarni va siz orqali barcha yurtdoshlarimizni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun bilan chin qalbimdan tabriklayman! Sizlarga uzoq umr, baxt-saodat tilab qolaman!

M.M.Madazimov
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!