alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI M.M.MADAZIMOVNING YANGI YIL TABRIGI

08:20 31.12.2023

Aziz hamkasblar, qadrdon talabalarim!

Siz bilan biz eski yilni kuzatib, yangi yilni kutib olish pallasida turibmiz. Bu paytda albatta ortga nazar solib, tahlil hamda sarhisob qilamiz. Quvonarlisi o‘tib borayotgan yilda institutimiz jamoasi va talabalarimiz bilan birgalikda ko‘plab yutuqlarga erishdik, xalqaro miqyosda ham sezilarli natijalarni qo‘lga kiritdik.

Qadrli farzandlarim!

Sizlar bizning ishonchimiz va tayanchimizsiz. Bu ishonchni esa albatta, bilimingiz, faolligingiz, intiluvchanligingiz bilan oqlab kelmoqdasiz. Birgina 2023-yil misolida aytadigan bo‘lsak, Xitoyning Hangjou shahrida bo‘lib o‘tgan Paraosiyo o‘yinlari suzish bahslarida S13 klassida 100 metr masofaga batterflay usulida suzishda Davolash fakulteti kasb-taʼlimi yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Tursunxo‘jayev Muzaffar Shuxratillo o‘g‘li 1ta oltin, 2 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi. Qirg‘iziston Respublikasining  Bishkek shahrida o‘tkazilgan Xalqaro talabalar olimpiadasida bir guruh talabalarimiz ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

“Xalqaro ilmiy forum”da Pediatriya fakulteti 3-bosqich talabalari Iqboljon Hakimjonov hamda Bobomurod Abdusalomov, Stomatologiya fakulteti 4-bosqich talabasi Ziyotbek Rayimov ham munosib ishtirok etib “Ilm-fan iftixori”  ko‘krak nishoni,   maxsus guvohnoma hamda xalqaro sertifikat  bilan taqdirlandi.

Institutimizning 5 nafar talabasi Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari sohibi bo‘ldi. 300 nafardan ziyod talabamiz milliy va xalqaro tanlovlar va ilmiy amaliy anjumanlarda faol ishtirok etib yuqori natijalarga erishdi. Talabalarimizning erishayotgan har bir yutug‘i meni g‘urur va iftixorga to‘ldiradi.

Sizlarga yangi yilda ilmiy faoliyatingizda omad va zafarlar tilayman! O‘z oldingizga ulkan maqsadlar qo‘yib, eng yaxshi natijalarga erishing! Bu yo‘lda men sizni qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyorman.

Aziz hamkasblarim!

2023-yil jamoamiz uchun omadli va barakali yil bo‘ldi deb ayta olaman. Mazkur yilda ko‘plab fan doktorlari, fan nomzodlari, professorlar safimizga qo‘shildi. Sizlarning mehnatlaringiz sabab institutimiz talabalari ko‘plab yutuqlarga erishmoqda. Barchangizning zahmatli mehnat faoliyatingizda omad va muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin.

Qadrli institutimiz jamoasi sizlarni va sizlar orqali barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan 2024-yil bilan samimiy muborakbod etaman.

Oilangizga tinchlik-hotirjamlik, fayz va baraka tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, oilalarimiz baxtli, farzandlarimizning ilmlari bugungidanda ziyoda bo‘lsin. Yangi yilda yana bir jamoada ishlash va bir birimizni issiq yuzimizni ko‘rish barchamizga nasib etsin. Men va kelajagimiz uchun o‘zingizni ehtiyot qiling, hamkasblarim va farzandlarim!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!