alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI M.MADAZIMOVNING TABRIGI

10:03 28.02.2024

Hurmatli Zokirjon Umarovich!

Sizni qutlug‘ 80 yoshingiz bilan chin ko‘ngildan qutlaymiz!

Siz o‘tgan asrning 60 – yilidan buyon el-yurt salomatligi uchun kurashib kelasiz. Avvalo, Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil oldingiz, uni muvaffaqiyatli tamomlab, Farg‘ona viloyati Quva tumani shifoxonasida shifokor bo‘lib ishladingiz. 1968-yilda harbiy hizmatda yigitlik burchingizni bajarib kelganingizdan so‘ng, Andijon viloyati klinik shifoxonasiga ordinator bo‘lib ishladingiz. Bilimga bo‘lgan intilishingiz Sizni aspiranturaga yetakladi va Siz Moskvada aspiranturada tahsil olib, 1973-yilda tibbiyot bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, Toshkent vrachlar malaka oshirish institutida ilmiy xodim bo‘lib ishladingiz.

1974-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining Fakultativ terapiya kafedrasiga assistentlikka ishga qabul qilindingiz. Keyinchalik fakultativ terapiya kafedrasida dotsent bo‘lib xizmat o‘tadingiz. Sidqidildan qilayotgan halol mehnatingiz Sizni xizmat pog‘onalaridan yuqori ko‘tardi. 1986-yilda viloyat klinik shifoxonasining bosh vrachi lavozimiga tayinlandingiz. Siz bu lavozimda o‘zingizni nafaqat yaxshi shifokor ekanligingizni, balki tibbiyotdagi dolzarb masalalarni oqilona uyushtira oladigan rahbar ekanligingizni ham ko‘rsata oldingiz.

Dardiga davo istab sizning oldingizga kelgan har bir insonni davolash uchun shirin so‘zingizni, mashaqqatli, shu bilan birga, hamma shifokorning ham qo‘lidan kelavermaydigan mehnatingizni ayamadingiz. Ana shuning uchun ham Siz 2000-yilda tizimda yangi tashkil etilgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga direktor bo‘lib tayinlandingiz. Keyinchalik VTEKka rahbarlik qildingiz.

Bugungi jamiyatdagi mavqeingiz Sizning bir umr mehnat qilib, yangilikka intilib yashaganligingizning dalilidir. Hayotda erishgan yutuqlaringiz ham maqsadga intiluvchanligingizni va el uchun xizmat qiladigan inson ekanligingizni isbotlab turibdi. Siz qayerda bo‘lsa ham halol ishladingiz. Odamlarning samimiy duolarini oldingiz. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokor unvoniga sazovor bo‘ldingiz. Ana shu mehnatingiz, bilimingiz va atrofingizdagi odamlarga xushmuomala munosabatingiz alohida e’tirofga loyiqdir.

Sizning hayot yo‘lingiz biz shogirdlaringiz uchun o‘rnakdir !

Bugun, Siz umrning 80 yosh, deb nomlangan yana bir dovonidasiz. El-yurt orasida obro‘li inson sifatida hurmatga sazovorsiz.

Biz Sizni juda hurmat qilamiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, yaxshilik, oilaviy farovonlik va tinchlik-xotirjamlik tilayman. Farzandlaringiz va nevaralaringiz Sizdan o‘rnak olgan insonlar bo‘lib yetishsin. Farzandlarning orzu-havasini uzoq yillar ko‘rish Sizga nasib etsin.

M.Madazimov, Andijon davlat

tibbiyot instituti rektori, professor.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!