alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI, PROFESSOR M.M.MADAZIMOVNING 8-MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSAABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

05:30 08.03.2024

Aziz opa-singillar, muhtarama ayollar, qadrli talaba-qizlarim!

Sizlar borki, oilalarimiz obod, davralarimiz fayzli, ko‘ngillarimiz hotirjam. Boisi, sizlar xonadonimizni mehr nuri bilan yoritib turasiz. Ilmingizni barchaga ulashib, har sohada faollik ko‘rsatasiz.

Ertamiz egalari bo‘lgan farzandlarimiz tarbiyasida ham bir bog‘bon kabi niholingizga parvona bo‘lib o‘git berasiz, ilm tomon yo‘llaysiz.

Davlatimiz rahbari ham ayol-qizlarning oʻqib, bilimli boʻlishi uchun zarur mablagʻ va imkoniyatlar topib berilayotgan bir paytda, oliygohlarda tahsil olayotgan xotin-qizlarimiz orasidan ilm-fan, siyosat va jamoat arboblari, mashhur madaniyat va sanʼat, sport namoyandalari yetishib chiqadi, deb ishonch bildirgan edilar.

Buning yorqin misolini men institutimiz ayol-qizlarining faolliklarida ko‘raman. Hozirda institutimizda 12 nafar fan doktori, 99 nafar fan nomzodi bo‘lgan ayollar faoliyat yuritmoqda va ularning safi yildan yilga ortib bormoqda.

Institutimiz talabasi Iroda Axmadbekova ko‘zi ojiz hamda ko‘z nuri past insonlarga mo‘ljallangan “Vision” qurilmasini yaratdi.

Mazkur qurilma O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib yaratildi va o‘zbek tilida foydalanuvchilarga xizmat qiladi.

Joriy yilning fevral oyida Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetida bo‘lib o‘tgan Akusherlik va Ginekologiya fanidan IV xalqaro talabalar fan olimpiadasida institutimizning iqtidorli talaba-qizlaridan tashkil topgan «Emadus» jamoasi faxrli o‘rinni egalladi. Ko‘plab xalqaro va respublika olimpiadalarida ishtirok etayotgan talabalarimiz orasida talaba-qizlarning salmog‘i katta. Bu albatta, meni cheksiz quvontiradi.

Aziz ayollar, qadrli talaba-qizlarim!
Sizlarga tilagim, hamisha o‘z iqtidoringizni qadrlang, izlanishda boʻling, ilm olishdan aslo charchamang! Siz biz uchun juda qadrlisiz! Sizga mustahkam sogʻliq, oilangizga tinchlik-hotirjamlik, ezgu orzu, niyatlaringiz amalga oshishini tilab qolaman! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Madamin Madazimov
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!