alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimovning korrupsiyadan holi oliy ta’lim muassasasi loyihasini amalga oshirish yuzasidan MUROJAATNOMASI

09:14 07.07.2020

Hurmatli ustozlar, qadrli hamkasblar, aziz yoshlar – talabalar!
Inson umri oqar daryo misoli o‘tib boradi. U shunchalik bebaho va shunchaliq g‘animatki, buni so‘z bilan ifodalash qiyin. Inson salomatli har qanday boylik, qudratdan afzal. Shukirki, yurtimiz tinch, mamlakatimizda inson qadrlanadi!
Koronavirus pandemiyasi tibbiyot sohasining qanchalik nozikligi, fidoiylik talab etadigan kasb ekanligini yaqqol ko‘rsatib qo‘ydi. Lekin har bir ezgulikka rahna soluvchi illatlar bo‘lganidek, korrupsiyaning tibbiyot sohasiga, tibbiy ta’lim sohasiga aralashishi eng achinarli holdir.
Korrupsiya –– jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otishi uchun sharoit yaratib beradi.
Ayni kunda biz uchun – dunyoga o‘zini ko‘rsatayotgan O‘zbekistonimiz uchun eng zararli illat korrupsiya illati bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatda odil sudlov va korrupsiyaga qarshi kurash masalalarga bag‘ishlangan videoselektr yig‘ilishida yangi tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga korrupsiya yuqori bo‘lgan sohalarni chuqur tahlil qilish, korrupsiyani kelib chiqish sabablarini bartaraf etish vazifasini qo‘ydi. Yangi organ Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek barcha kuch va vositalarga, vakolatlarga ega bo‘ladi. Tahlil jarayoni maishiy korrupsiyadan elitar korrupsiyani o‘rganish darjasiga chiqadi.
Prezidentmizning ulkan sa’y-harakatlari bilan ta’lim tizimi, shu jumladan oliy ta’lim tizimi boshqa sohalar kabi rivojlanishning yangi davrini boshidan kechirmoqda va muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, 2020-yilda oliy ta’lim tizimi korrupsiyasiz sohaga aylatirilishi zarur. Afsuski, bu yo‘lda amalga oshirilayotgan ishlar etarli bo‘lmayapti. So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarga qaramasdan, korrupsiya botqog‘iga botish, ta’magirlik va boshqa illatlarni kasb qilib olgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar topilmoqda.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov bir qator yig‘ilishlarda, jumladan 4-iyun kuni oliy ta’lim muassasalarida qabul jarayonlarining borishi masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham korrupsion holatlar bilan keskin kurash olib borishimiz zarurligi alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Oliy ta’lim sohalarida Korrupsiyasiz soha loyihasini amalga oshirishni tashkil etish, 2020-yil 1-apreldan boshlab loyihani boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy etish belgilab qo‘yilgan.
Oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning oylik maoshlarini so‘nggi bir yil ichida 3 marotaba oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qilingani, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan xodimlarni qo‘shimcha ustamalar bilan ta’minlanayotganligiga javoban xalqimizga sadoqat, fidoiylik, tashabbus ko‘rsatib va halollik bilan xizmat qilishga undaydi.
Korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurashni qabul jarayonlaridan boshlab, talabalar o‘qishini birinchi kursdan to oxirgi kursiga qadar barcha fanlarni o‘zlashtirish, magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish, oliy ta’limdan keyingi ta’limda ham birdek tashkil etamiz.
Institutni ilm, ma’rifat maskaniga aylantirish yo‘lida barcha hamkor tashkilotlar, jamoatchilik va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda harakat qilamiz. Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlarini sodir etgan institut jamoasi a’zosi – u kim va qaysi lavozimda ishlashidan qat’iy nazar, unga nisbatan qonun ustuvor – jazo muqarrarligi ta’minlanadi.
Aziz yoshlar va ota-onalar!
Institutning qabul jarayonlarida yoki o‘zingizning va farzandlaringizning ta’lim olishining barcha bosqichlarida turli nayrang va firibgarliklar qurboniga yoki a’zosiga aylanib qolmang!
Aziz yoshlar, faqat o‘z bilimingizga ishoning va shunga tayaning!
Bugun o‘z yo‘lini mustaqil tanlay oladigan, kasbini hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan kadrlarni tayyorlash har birimizning asosiy vazifamizga aylanmog‘i kerak.
Bu yo‘lda barchamiz – professor-o‘qituvchilar, talabalar, ota-onalar, talaba bo‘lish orzusi bilan yonib yashayotgan abiturientlar birgalikda harakat qilishimiz, yagona kuch bo‘lishimi zarur!
Men ishonaman, Andijon davlat tibbiyot institutida jirkanch illat – korrupsiyaga aslo yo‘l qo‘yilmaydi! Bu ezgu maqsad yo‘lida barchangiz yakdil ekanligigizga ishonaman!
Bugungi harakatlarimiz ertangi kuningiz istiqboli ekanligini unutmang!
Barchangizga hamisha sihat-salomatlik, munavvar manzillar yor bo‘lsin!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!