alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI VA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI XALQARO ANJUMANDA FAOL ISHTIROK ETDI

15:21 07.07.2023

So‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan o‘zgartirish yo‘lida barcha yo‘nalishlarda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Tibbiyot sohasida amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish, O‘zbekistonda tibbiyotni yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilash, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, tajriba va bilim almashish maqsadida 5-iyul kuni poytaxtimizda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini transformatsiya qilish va zamonaviy tibbiyotni rivojlantirishga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman jahonning ilg‘or mamlakatlaridan kelgan bir guruh yetakchi tibbiyot olimlari va soha mutaxassislari O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi transformatsiya jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Unda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamda institutning bir guruh professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik masalalari va tibbiyotdagi yangiliklar haqida fikr almashdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!