alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori xorijiy talabalar bilan online uchrashuvda

12:49 05.12.2020

Bugungi pandemiya sharoitida xorijiy talabalar bilan doimiy aloqada bo’lib turish, ularni masofaviy ta’lim jarayonlaridagi yutuq va kamchiliklarini ko’rib bartaraf etish maqsadida, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i K.Z.Salahiddinov va «Xalqaro talabalar bilan ishlash» fakulteti dekani G.O.Yaxshiboyevalar tomonidan Janubiy Korea, Hindiston, Pokiston hamda qo’shma ta’lim dasturida tahsil olayotgan 1-, 2-kurs talabalari bilan uchrashuv tashkillashtirildi.

Uchrashuvning dastlabki jarayoni rektor tabrigi bilan boshlandi va institutda online dars jarayonida o’qiyotgan talabalarga yaratilayotga barcha shart-sharoitlar haqida qisqacha nutq so’zlab o’tdi. Ushbu qiziqarli o’tgan uchrashuv davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va bir qancha takliflar berib o’tdilar.
Institut rektori suhbat so’nggida bunday uchrashuvlar doimiy tashkil etib borilishini ta’kidlab o’tdi.

ADTI xoriijiy aloqalar bo’limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!