alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORINING 1-OKTABR – O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

20:45 29.09.2023

Qadrli ustozlar va muallimlar!

Taʼlim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan aziz hamkasblar, sizlarni ikki karra mashaqqatli kasb egalarisiz desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Boisi tibbiy ta’lim berishning o‘ziga yarasha murakkab taraflari bor. Sizlar bilan birga ishlash davomida ilmiy jihatdan ko‘plab yutuqlarga erishib kelmoqdamiz va bundan o‘rnak olayotgan talabalarimiz ham siz bosib o‘tgan yo‘ldan yurib ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishmoqda.  Bu yutuqlarning barchasi siz jonkuyar professor-o‘qituvchilarimizning mashaqqatli mehnati samarasidir.

Ustozlarga eng yaxshi tilaklardan biri bu: “Farzandlaringiz qatori shogirdlaringizni ham kamolini ko‘ring”-degani bo‘lsa kerak. Chunki, ustozlar har bir shogirdiga alohida mehr qo‘yadi, kelajakda tanlagan sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishini xohlaydi. Men ham ushbu tilakni sizlarga yo‘llab qolaman.

So‘zimning so‘nggida sizlarni va siz orqali butun O‘zbekiston ustoz va murabbiylarini 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etaman. Sizlarga tan sihatligi, oilaviy farovonlik, ilmiy-pedagogik faoliyatlaringizda ulkan zafarlar tilab qolaman!

M.M.Madazimov

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!