alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORINING NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

22:42 20.03.2023

Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar, aziz talabalarim!

Uyg‘onish va yangilanish faslining eng go‘zal bayramalridan biri bo‘lgan Navro‘z bayrami bilan barchangizni qizg‘in muborakbod etaman.

Yasharish va yangilanish ayyomi bo‘lgan Navro‘zni xalqimiz kun bilan tunning tenglashuvi, tabiatning uyg‘onishi, umumxalq bayrami sifatida nishollab keladi.

Navro‘z – o‘zbek xalqining asriy va azaliy, milliy bayrami. Navro‘z bayramining qachon va qanday vujudga kelganiga doir tarixda turli qarashlar mavjud. Uning qanday vujudga kelganidan qatʼiy nazar, u har tomonlama ilmiy asoslanib, koinot va tabiat qonuniyatlari hisobga olingan holda joriy etilgan bo‘lib, quyoshning hamal burjiga kirishi, kunduzning uzaya boshlashi, yorug‘likning kuchayishi, tabiatning jonlanishi – Navro‘z deb qabul qilingan (Navro‘z – «yangi kun»degan maʼnoni bildiradi). Shu boisdan Navro‘z bu – bahorning tug‘ilgan kuni, tabiatning yangilanish pallasi desak, xato bo‘lmaydi nazarimda.

Boisi bu paytda chechaklar yerdan asta bosh ko‘tarib, uyg‘onishni boshlaydi. Daraxtlar go‘zal kelinchakdek, boshlariga oq gullarini yopinadi, maysalar esa yashil rangga burkanib, bahor shamolida asta tebranadi. Bu go‘zallikni ko‘rgan ko‘zlarning quvonmasdan boshqa ilojlari yo‘q.

Bizning yurtda Navro‘z bayramida hovli-joylarni tozalash, daraxt ko‘chatlari va gullar ekish, yoshi ulug‘lar, yor-u, do‘stlarni holidan xabar olish, marhumlarning qabrini ziyorat qilish odatga aylangan. Qolaversa, qarindoshlar, do‘st-yorlar yig‘ilib birgalikda sumalak va boshqa ko‘plab milliy taomlarimizni hamjihatlikda tayyorlaydilar. Ko‘k somsa, ko‘k chuchvara, halim dasturxonlarimizga ko‘rk bag‘ishlaydi.

Go‘zal qizlarning-ku, taʼrifiga til ojiz atlas-u, adras matolardan tikilgan bejirim liboslar, boshlaridagi “oq par” do‘ppilar ularning chiroyiga yana-da jozibakorlik baxsh etadi.

Mard yigitlarimiz esa uloqda, kurashda, varrak uchirishda va yana ko‘plab milliy o‘yinlarda bellashadilar. Bayramning o‘lanlar-u, laparlarini ko‘hna momolarga qo‘yib beravering. Ularning yoqimli ovozlari bilan doiraning uyg‘unligi qalblaringizga orom, kayfiyatingizga ko‘tarinkilik baxsh etadi.

Bu bayramni shukronalik va yaxshi tilak bayrami desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Yoshi ulug‘lar avvalo ko‘klamga qavm-u, qarindoshlar bilan sog‘-omonlikda yetkazganiga shukronaliklar bildiradilar va yil boshida mo‘l-ko‘llik, hosillarga baraka tilab duo qiladilar. Mana shunday ulug‘ va fayzli bayram sizlarga, siz orqali oila aʼzolaringiz hamda barcha yurtdoshlarimizga muborak bo‘lsin deyman!

Navro‘zimiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

 

Andijon davlat tibbiyot instituti

 rektori M.M.Madazimov 

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!