alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining talabalar bilan navbatdagi uchrashuvi

15:31 21.01.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov institutning 1- va 2-ma’ruzalar zallarida Pediatriya fakultetining 2-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Talabalar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Sh.Arziqulov, pediatriya fakulteti dekani A.Gafurov va dekan o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

Institut rektori avvalo talabalarning mashg‘ulotlardagi ishtiroki – davomati bilan qiziqdi. Yetuk mutaxassislar bo‘lib kamol topishlari uchun talabalar mashg‘ulotlarga muntazam qatnashishlari zarurligi, o‘quv dasturiga kiritilgan barcha mashg‘ulotlar o‘zaro uzviy bog‘liqligi, biri ikkinchisini to‘ldirib borishini ta’kidladi.

Bundan tashqari intizomga rioya qilish, kunlik darslarni o‘zlashtirish, sohaga oid darsliklarni yig‘ib borishilari, xorijiy tillarni o‘rganishlari zarurligini, shifokorlik kasbini tanlagan yosh hamisha sidqidil bilan mehnat qilishi, bemorlarga samimiy bo‘lishi, bilim va ko‘nikmalarini boyitib borishi zarurligini aytib o‘tdi. Suhbat davomida institut rahbari mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan talabalar yaxshi yutuqlarga erishishi mumkinligini eslatib o‘tdi va yoshlarni kitob bilan do‘st bo‘lishlari zarurligini uqtiridi, institut talabalarining yutuqvlarini faxr bilan e’tirof etdi.

Yoshlar yurtimizdagi tinchlik, xotirjamlikni mustahkamlash, Vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shishlari uchun yaxshi o‘qib yetuk mutaxassislar bo‘lib kamol topishlari zarurligini ta’kidladi.  Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining institut talabalari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida talabalar o‘z fikrlarini ochiq, samimiy aytib o‘tishdi, ochiq muloqot uchun institut rahbariyatiga minnaddorchilik bildirishdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!