Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining talabalar bilan navbatdagi uchrashuvi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori professor Madaminjon Madazimovning talabalar bilan bu galgi an’anviy uchrashuvi pediatriya fakultetining 2-kurs talabalari bilan o‘tdi. Institut rektorining talabalar bilan uchrashuvida fakulteti mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.  Rektor dastavval, talabalarga institut an’analari, ichki tartib-qoidalari bilan qisqacha tanishtirib o‘tdi. Institutning vazifasi jahon talablariga javob bera oladigan malakali tibbiy xodimlar tayyorlash ekanligini eslatib o‘tar ekan, buning uchun institutda yaratilgan shart-sharoitlarni aytib o‘tdi. Jumladan, institut talabalari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, institutning o‘quv binolarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, rejalashtirilayotgan ishlari haqida so‘z yuritdi.

Institutning smulatsion o‘quv markazida yaratilgan shart-sharoitlar, markaz yordamida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar, mashg‘ulotlarda ko‘rsatilgan natijalarni baholash tizim haqida batafsil to‘htalib o‘tdi. Talabalar M.Madazimovning masofaviy ta’lim, telemeditsina bo‘yicha bergan ma’lumotlarini qiziqish bilan tingladilar.

Rektor Axborot-resur markazidagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan talabalar yaxshi yutuqlarga erishishi mumkinligini eslatib o‘tdi. Talabalarni yangi keltirilgan elektron darsliklar, elektorn ta’limni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar bilan tanishtirib o‘tdi. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanyotgan institut jamoasi bugungi kunda o‘z nufizi bilan 40 dan ziyod xorijiy tibbiy muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatganligini e’tirof etdi. Tibbiyot yo‘nalishidagi xalqaro yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi.

ADTI rektori M.Madazimov 2-bosqich talabalar bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida tibbiyot instituti talabalari kiyinish madaniyatiga qat’iy amal qilishlari zarurligini ta’kidlab o‘tdi va ularni 5 muhim tashabbus bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish etishlariga chaqirdi. Rektor M.Madazimov har birimiz o‘zligimizni unutmasligimiz, o‘zbek degan nomga dog‘ tushurmasligimiz zarurligi ta’kidlab o‘tdilar. ADTI 2-bosqich talabalari institut rektori bilan o‘tgan samimiy uchrashuv davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishga kelishib oldilar.

ADTI axborot xizmati

 

 

 

 

 

 

 

219