alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABALARINING ANDIJONLIK ISH BERUVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOTI

16:23 02.02.2021

Andijon davlat tibbiyot instituti Farg‘ona vodiysidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan. Institutda andijonlik talabalar bilan bir qatorda ko‘plab farg‘onalik, namanganlik yoshlar ta’lim olishadi. Andijon viloyati bo‘ycha bu yil bitiruvchilar soni jami 396 nafarni tashkil qiladi. Shundan 234 nafari bakalavriat, 73 nafari klinik ordinatorlar, 89 nafari magistratura bitiruvchilari.

Bugun institut Kengashlar zalida Andijon viloyati  sog‘liqni saqlash boshqarmasi  mutasaddilari bilan bakalavr  va magistratura  yo‘nalishlari  bitiruvchilari  hamda  klinik ordinatorlar bilan ochiq  muloqot o‘tkazildi.  Uchrashuvda institut prorektorlar, doktorantura va  klinik ordinatura bo‘yicha mas’ullar, marketing xizmati bo‘limi xodimlari, fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda bitiruvchilar ishtirok etdilar.
Tadbirni  ADTI  Buyurtmalar portfelini shakllantirish bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo’lim boshlig’i A.Ziyaev ochdi va institut bitiruvchi talabalariga mehmonlarni  tanishtirdi.

Shundan so‘ng, Andijon  viloyati  sog‘liqni saqlash  boshqarmasi  boshlig‘i Saloxiddin Yusupov   so‘zga  chiqib, tibbiyot tizimida  olib borilayotgan  izchil  islohotlar, o‘zgarishlar  haqida fikrlar bildirdi. Shuningdek, Andijon viloyatidagi ish o‘rinlari, bitiruvchilarga yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar  va imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot  berdi.
Andijonlik ish beruvchilar bilan ochiq  muloqot   samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. Har bir bitiruvchi o‘z ish joyiga ega bo‘ldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!