alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti  talabasi “Tibbiyot Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida xalqaro onlayn olimpiada “Samarqand- 2020” g’olibi.

14:16 12.12.2020

Usmonova Diyoraxon Ikromjon qizi 1999-yil  21-noyabrda Farg’ona viloyati Quva tumanida tug’ilgan.  2018-yil Andijon Davlat Tibbiyot Institutiga grant asosida qabul qilingan bo’lib, hozirda Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi bo’yicha 3-bosqichda  taxsil oladi. Shu kunga qadar institutda  o’tkazilayotga ilmiy-madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. 1-kursdan boshlab Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Umumiy jarrohlik kafedrasi  ilmiy to’garagida qatnashib muntazam ravishda nazariy, amaliy va ilmiy bilim ko’nikmalarini  boyitib kelmoqda. Bunda kafedraning eng malakali, yuqori salohiyatga ega bo’lgan professor o’qituvchilar, jumladan Ikromova Farida Daminovna, Musashayxov Xusanboy Tadjiboyevich, Vasilevskiy Eduard Aleksandrovichva fan bo’yicha talabaning ilmiy rahbari Dadaboyev Omonjon Tolibjonovichning xizmatlari beqiyos. Zamon talabi bo’lgan kompyuter texnologiyalarini yaxshi o’zlashtirgan.
Diyoraxon 2020-yil 11-12 dekabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi, Samarqand davlat  tibbiyot instituti tomonidan tashkil etilgan “Tibbiyot Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida xalqaro onlayn olimpiada Samarqand -2020” xirurgiya yo’nalishi bo’yicha ishtirok etib faxrli birinchi o’rinni egalladi.
Diyoraxonni bu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va bundanda ulkan zafarlar tilaymiz.

ADTI Umumiy jarrohlik kafedrasi 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!