alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti vakillari “РОСОМЕД -2020” sovrindorlari

14:24 17.10.2020

Joriy yilning 14-16 oktabr kunlari Rossiyaning tibbiyotda simulyatsion ta’lim jamiyati (ROSOMED)ning “РОСОМЕД -2020 Симуляционное обучение в медицине: опыт, развитие, инновации” mavzusidagi IX syezdi va xalqaro onlayn konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu syezd va konferensiya doirasida “Simulyatsion markaz haqida eng zo‘r video rolik” nominatsiyasida o‘tkazilgan konkursda institutimizning simulyatsion o‘quv markazi direktori, t.f.n., dotsent Umid Donaqo‘ziyevich Usmonov tomonidan yuborilgan videorolik “Приз зрительских симпатий” nominatsiyasi bo‘yicha fahrli birinchi o‘rinni egalladi hamda maxsus guvohnoma, 20000 Rossiya rubli va “Akademiks 3D virtual patsienti dasturining litsenziyasi”ni qo‘lga kiritdi.

Shu bilan birga Andijon davlat tibbiyot instituti ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi assistenti S.Kityan ushbu xalqaro onlayn konferensiyada faol ishtiroki uchun maxsus sovg‘a bilan taqdirlandi. Ushbu konferensiyada ishtirok etgan institutimizning barcha professor-o‘qituvchilari xalqaro sertifikatga ega bo‘ldilar.
“Akademiks 3D virtual patsienti dasturidan lavhalar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!