alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti “Yosh volontyorlar” jamoasi Buloqboshida

14:55 13.07.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti yosh volontyorlari Buloqboshiga tumani  Moyariq qishloq fuqarolar yig‘iniga qarashli “Uch ko‘cha” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Farog‘at”, “Oltinsoy” va “Beshtol” ko’chalarida  sog’lom hayot aksiyasi o’tkazdilar.

O’tkazilgan targ’ibot ishlari davomida inson hayotida ko’p uchraydigan kasalliklar jumladan: tana vaznining ortishi (Semizlik), Gipertoniya (qon bosimining oritishi) va boshqa kasalliklarning oldini olish bo’yicha kerakli maslahatlar berildi.

Karantin davrida aholi o’rtasida niqob bilan yurishni va gigiyenik qoidalarga amal qilish to’g’risida ham tushuntirildi. Keyinchalik aholiga koronavirus pandemiyasi davrida zarurat bo’lmasa ko’chalarga chiqmaslik agarda zarurat bo’lganida ham tibbiy gigiena qoidalariga amal qilish bo’yicha targ’ibot ishlarini amalga oshirishdi.

Shuningdek, “Yosh volontyorlar” jamoasi mahallalarda yashovchi aholiga Sog’lom ovqatlanish ratsioni bo’yicha qanday qilib tuzsiz salatlar va ovqatlar tayyorlashni amalda ko’rsatib berdilar.

ADTI Yoshlar ittifoqi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!