alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida “Andijon viloyati sharoitida koronavirus infeksiyasini etiopatogenezi, klinikasi, davolash va profilaktikasi” mavzusida respublika onlayn video konferensiyasi o‘tkazildi

14:16 20.04.2020

Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan xamkorlikda o‘tkazilgan onlayn video konferensiyani institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘.M.Xodjimatov boshqarib bordi.

Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashlar zalida o‘tkazilgan onlayn video konferensiyada vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekan X.X.Tursunov, fakultetlar dekanlari, yo‘nalishlar ma’sullari, yuqumli kasalliklar, pulmonologiya, endokrinologiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha institutning malakali professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Shuningdek, onlayn video konferensiyada masofaviy konferensiyalarni o‘tkazish uchun aloqa dusturlari – Zoom platformasi orqali respublikaning turli hududlaridan 40 dan ziyod soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Video konferensiyada Andijon davlat tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri, dotsent Dildora Baxadirovna Mirzakarimova “Andijon viloyati sharoitida koronavirus infeksiyasini etiopatogenezi, klinikasi, davolash va profilaktikasi” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzachi koronavirus infeksiyasini etiopatogenezi, klinikasi, davolash va profilaktikasi bilan birga Andijon viloyati bo‘yicha kornovirus bilan kasallangan bemorlar yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni berdi.

Ma’ruzadan so‘ng onlayn savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. “Andijon viloyati sharoitida koronavirus infeksiyasini etiopatogenezi, klinikasi, davolash va profilaktikasi” mavzusidagi onlayn video konferensiya ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, o‘rtaga tashlangan masalalar qizg‘in muhokama qilindi.

K.A.Mulladjanova.

 ADTI yuqumli kasalliklar kafedrasi katta o‘qituvchisi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!