alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “BITIRUV BAYRAMI” O‘TKAZILDI

15:03 23.06.2023

Joriy yilning 23-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutining 2022-2023-o‘quv yilida bakalavriat hamda magistratura bosqichini tamomlayotgan 1136 nafar bitiruvchining “Bitiruv bayrami” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov kirish so‘zi bilan ochib berdi va bitiruvchilarni “Shifokor” degan sharafli nomga sazovor bo‘lganliklari bilan tabrikladi. Kelajakda ustozlardan olgan bilimlarini yana-da boyitib, vatanimizning tibbiyot sohasidagi rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishlariga ishonch bildirdi.

Shundan so‘ng, so‘z olgan Andijon davlat tibbiyot institutining rektori Madaminjon Madazimov barcha bitiruvchilarni tabriklab, kelgusidagi o‘qish va ish faoliyatida omad hamda zafarlar, oilaviy tinchlik va xotirjamlik tiladi.

 

Bitiruv bayramida institutni imtiyozli diplom bilan tamomlagan bitiruvchilarga diplomlar hamda o‘qish davomida o‘zining faolligi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga namuna bo‘lgan faol talabalarning ota-onalariga institut maʼmuriyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Navbatda esa, anʼanaviy tarzda institutning 2022-2023-o‘quv yili bakalavriat bosqichi bitiruvchilari yaʼni bo‘lg‘usi shifokorlar o‘z oldilarida turgan masʼuliyatli va sharafli vazifalariga kirishishlaridan oldin ish faoliyatlari davomida vijdonan, halol mehnat qilib, xalq salomatligi yo‘lida bor kuch-g‘ayratini ayamasliklari uchun “O‘zbekiston Respublikasi shifokori qasamyodi”ni qabul qildilar.

Tadbir davomida bitiruvchilar hamda ularning ota-onalari so‘zga chiqib, tengdoshlariga va tadbir qatnashchilariga tabrik so‘zlari hamda ustozlarga tashakkurlarini yo‘lladilar.

Magistratura bosqichi bitiruvchilariga M.Madazimov va O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov tomonidan “Magistrlik diplomi” topshirildi.  

Barcha bitiruvchilarni ushbu quvonchli kun bilan muborakbod etamiz. Oq yo‘l sizga yosh shifokorlar!

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!