Andijon davlat tibbiyot institutida “Covid-19 pandemiyasi sharoitida ayollar reproduktiv salomatligining dolzarb muammollari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Institutning xalqaro aloqalar bo‘limi, 1- va 2-akusherlik-ginekologiya kafedralari, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti akusherlik va ginekologiya kafedralari tashabbusi bilan o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn-anjumanda Ukrainaning Xarkov davlat tibbiyot universiteti, Rossiyaning Ural tibbiyot  universiteti, “Ak. V.I.Kulakov nomidagi akusherlik, ginekologiya va perinatologiya Milliy tibbiyot tadqiqot markazi”, hamda Toshkent, Andijon va Buxoro viloyatdaridan yetakchi mutaxassislar ishtirok etdilar.

Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyaning xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salahiddinov ochdi va konferensiya oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar haqida qisqacha to‘htalib o‘tdi.

“Covid-19 pandemiyasi sharoitida ayollar reproduktiv salomatligining dolzarb muammollari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyani t.f.d., dotsentlar D.B.Asrankulova, O.A.Yakubovalar boshqarib bordilar.

Onlayn konferensiyada mutaxassislar tomonidan pandemiya sharoitida ayollar reproduktiv salomatligining dolzarb muammollari yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

Yetuk mutaxassislar va onlayn ishtirokchilarning savol-javoblari bilan o‘tgan konferensiya o‘z ishini muvaffaqitli yakunladi.

 ADTI axborot xizmati

624