Andijon davlat tibbiyot institutida “EKO aksiya”

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon viloyati hokimi Sh.Q.Abdurahmonovning tashabbusi bilan  viloyatimizda o‘tkazilayotgan “EKO aksiya” loyihasi doirasida Andijon davlat tibbiyot institutida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Institut xodimlari va talabalar tomonidan institut asosiy binosi, 2-o’quv binosi, 1- va 2 –  talabalar turar joyi hududi, uning atrofidagi ko‘chalar va kichik maydonchalarga ham daraxt va mavsumiy gul ko‘chatlari ekildi.

Bahorning iliq kunlari  insonga rohat bag‘ishlamoqda. Tabiatdagi uyg‘onish har birimizni bunyodkorlik, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga undaydi. “EKO aksiya” loyihasi ko’tarinki ruhda davom etmoqda.

Kozimjon Baydullaev

ADTI pediatiriya fakulьteti dekan o‘rinbosari

75