alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida «INNOWEEK -2019» yarmarkasining institut bosqichi o‘tkazildi

16:35 26.03.2019

Bugun, 26- mart kuni Andijon davlat tibbiyot institutida innovatsion g‘oyalar haftaligi   «INNOWEEK -2019» yarmarkasining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi. Xushnavo musiqa sadolari ostida bahoriy gullar, turfa bezaklaru shiorlar bilan bezatilgan institut foyesiga mehmonlar, oliygoh professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, yosh olimlar, magistrlar  va talabalar  yig‘ildilar.

Tadbirni institut rektori, professor M.Madazimov ochib, yarmarka ishtirokchilarini qizg‘in tabrikladi va ularga muvaffaqiyat tiladi.


Shundan so‘ng, viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy –rivojlantirish  va  ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari  O‘.Shukurov so‘zga chiqib, institut jamoasi va talabalari haqida o‘zining samimiy fikrlarini aytdi hamda  yarmarka ishtirokchilarini muborakbod etdi.

So‘ngra ramziy lenta qirqilib, institut rahbariyati, mehmonlar va hay’at a’zolari  yarmarka bilan tanishdilar.

Bu galgi yarmarkada   institut 52 ta kafedrasining yangilikka intilgan professor-o‘qituvchilari, kashfiyot va ixtirolar yaratishga  qodir talaba, magistr va yosh olimlari o‘z taqdimotlari bilan qatnashdilar.Yarmarka 4 ta innovatsion guruh doirasida tashkil etildi. Unda onalik va bolalikni muhofaza qilish, ichki kasalliklar, kardiologiya va noinfeksion kasalliklar profilaktikasi, jarrohlik, travmatologiya, ortopediya, neyrojarrohlik  va harbiy dala jarrohligi, yuqumli, teri-tanosil va radiologiya, onkologiya va sil kasalliklari yo‘nalishlari bo‘yicha 50 dan ziyod yangiliklar ko‘rsatildi.

Yarmarkada  yosh olimlar va talabalar tomonidan bir qator yangi loyihalar, innovatsiyalar va ishlanmalar ham ilk bor namoyish qilindi. Ayrim loyihalar dolzarbligi  va qiziqarliligi bilan barchaning diqqatini tortdi.

Yarmarka jarayoni o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat va faollik bilan o‘tdi. Hay’at a’zolari har bir ishtirokchining yangi loyihalarini alohida ko‘zdan kechirib, odilona baholab bordilar.

Talabalardan  M.Po‘latov “Eng yosh ixtirochi”,  dotsent T.Inakov “Eng yangi innovatsion g‘oya”, dotsent M.Jo‘raeva “Eng faol ayol ixtirochi “ nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib bo‘ldilar. Shuningdek, fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi  o‘qituvchisi Sh.Atadjanova 1-, yosh olimlardan  K.Madazimov 2-, A.Yuldashev 3-o‘ringa sazovor bo‘ldilar.

Yoshlar o‘rtasida pediatriya fakulteti talabasi G.Qo‘ldosheva 1-, magistratura  talabasi  Sh.Ahmadaliev 2-, talaba Sh.Abdurashidov 3-o‘rinni egalladilar.  G‘oliblarga diplom, sertifikat va pul mukofotlari topshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!