alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida masofaviy ta’lim tahlili

15:57 26.05.2020

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2020-yil 14-maydagi 78-sonli buyrug‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son “Koranavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbattdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2020-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilish 28-sonli bayoni, O‘zbekiston Respublikasiga koranovirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika Maxsus komissiyasi yig‘ilishining 2020-yil 27-martdagi 11-son bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda karantinga oid choralar amal qilish davrida ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan masofaviy o‘qitishning sifati va “Yo‘l xaritasi” (2020 yil uchun)da belgilangan vazifalar ijrosi holati monitoringini yuritish yuzasidan 2020-yil 26-may soat 12:00 da Ta’lim inspeksiyasi o‘rtasida Andijon davlat tibbiyot instituti bilan onlayn video muloqot bo‘lib o‘tdi.

Onlayn muloqotda institut rektori, o‘quv ishlari prorektori, viloyat va institut ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshliqlari, o‘quv-uslubiy bo‘limi va masofaviy ta’lim platformasi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Onlayn muloqotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining boshlig‘i U.N.Toshkenboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi va masofaviy ta’lim sifatiga e’tibor qaratish bugungi kundagi dolzarb masala ekanligi hamda bu borada institutda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Onlayn video muloqotda institut rektori M.M.Madazimov masofaviy ta’lim dasturi asosida institutda amalga oshirilgan ishlar, professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan va onlayn mashg‘ulotlar uchun adti.uz saytining masofaviy ta’lim platformasiga joylashtirilgan masofaviy ta’lim resurslari – o‘quv-uslubiy majmualar, video, audio ma’ruzalar, prezentatsiyalar, darsliklarni elektron shakllari, talabalar bilan olib borilayotgan ishlar haqida axborot berdi.

Shundan so‘ng Ta’lim inspeksiyasi mutaxassislari institut talabalari o‘rtasida olib o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida institutda masofaviy ta’lim platformasidan foydalanishdagi yutuqlar, muammo va kamchiliklar, pedagoglarning mahorati, ta’lim jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlarning yanada takomillashtirish borasida e’tibor qaratish haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Institut va Ta’lim inspeksiyasi tomonidan masofaviy ta’lim sifatini yanada yaxshilash, bu sohadagi ishlarni yanada takomillashtirish, yutuq va kamchiliklar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

ADTI Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!