ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT  INSTITUTIDA OMMAVIY BADANTARBIYA MASHQLARI  PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR, XODIMLAR VA TALABALAR  TOMONIDAN  ZO‘R ISHTIYOQ  BILAN  BAJARILMOQDA

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O‘zbekiston   Respublikasi  Prezidenti  Sh.Mirziyoyev tomonidan  joriy yil 20- sentabr kuni jismoniy  tarbiya  va sport  sohasini rivojlantirish masalalariga  bag‘ishlab o‘tkazilgan  yig‘ilishda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.

Ana shu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida aholi   yashash joylarida , ta’lim muassasalarida aholini , ayniqsa yoshlarni jismoniy  tarbiya va sportning ommaviy turlari bilan shug‘ullanishiga katta e’tibor qaratilmoqda.

Andijon davlat tibbiyot  institutida ham  jismoniy tarbiya va sportni  omamalashtirish  borasida ibratli ishlar olib borilmoqda. Har kuni institutning 1-va 2-o‘quv binolari hududida  shuningdek, barcha kafedralarda professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar ishtirokida  ommaviy  badantarbiya  mashqlari  muntazam  o‘tkazilib  kelinmoqda.

Albatta, bunday badantarbiya  mashqlari  institut jamoasini ish jarayonida  kun  bo‘yi yaxshi kayfiyatda, tetik va bardam bo‘lishlarida,  talabalarni darslarda faol ishtirokida, sog‘lom va baquvvat bo‘lib yurishlarida katta yordam berishi shubhasiz.

Zero, bunday tadbirlarning o‘tkazilishi mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlashda, turli kasalliklarni oldini olishda, sog‘lom turmush tarzini yuksaltiririshda muhim ahamiyatga egadir.

326