alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA RASSOM RASUL ISMANOVNING RASMLAR KO‘RGAZMASI TASHKIL QILINDI

21:51 19.06.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti asosiy binosida O‘zbekiston Respublikasi Badiiy Akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi raisi, rassom Rasul Ismanovning “Buyuk Bobur”, “Do‘stlik rishtalari”, “Mening ona Vatanim” mavzularidagi sanʼat asarlaridan iborat ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib berdi va bu kabi ko‘rgazmalar talaba-yoshlar va xodimlarning ijodiy salohiyatini oshirish hamda kreativ fikrlashni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek,  rassom  R.Ismanov asarlarni yaratishda ijodkor qalbidan o‘tadigan kechinmalar, tasavvuridagi qahramonni xarakteri, kayfiyatini rang va mo‘yqalam yordamida tasvirlashning mahorat va mashaqqati haqida aytib o‘tdi.

Marosim davomida ko‘rgazma tashkil qilinishida amaliy yordami uchun Badiiy ijodkorlar uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan institut rektori M.Madazimov va birinchi prorektor S.Salohiddinovga tashakkurnoma taqdim etildi. Shundan so‘ng, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar ko‘rgazmadan joy olgan asarlar bilan tanishdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!