alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA TALABALAR FESTIVALI: MILLIY SPORT MUSOBAQALARI, TANLOVLAR, KUY-QO‘SHIQLAR, TAQDIRLASHLAR

20:28 17.03.2023

Navro‘z – yoshrish va yangilanish pallasi, o‘zbek xalqining milliy bayramlaridan biridir. Bugun, 17-mart kuni Andijon davlat tibbiyot institutida  21-mart – Navro‘z umumxalq bayramini ko‘tarinki ruh va yuksak saviyada o‘tkazish maqsadida “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida talabalar festivali bo‘lib o‘tdi.

 

Institutning talabalar turar joyida professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlar va talabalar ishtirokidagi bayram mehmonlarini iqtidorli talabalarimiz “Andijon polkasi” raqsi bilan kutib oldilar. San’atsevar talabalarimiz tomonidan raqs maromiga yetkazib ijro etildi.

Bayramni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni Navro‘zi olam bilan tabrikladi va festivalni ochiq deb e’lon qildi.

Shundan so‘ng, bayramning badiiy qismi boshlanib, professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan tayyorlanagan she’r, qo‘shiqlar ijro etdilar. Iqtidorli talaba-qizlarning ijrosidagi raqslar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Fakultetlar o‘rtasida iqtidorli talabalar va boshqa yutuqlar jam bo‘lgan hamda qo‘l mehnatlari bo‘yicha yarmarka tashkil etildi. Badiiy qismdan joy olgan milliy liboslar namoyishida o‘zbek milliy liboslari qatorida xorijiy talabalar ham o‘z milliy liboslarini yig‘ilganlar e’tiboriga taqdim qildilar.

Festival doirasida “Assalom Navro‘z!” mavzusida chizilgan rasmlar tanlovi, talabalar turar joyining qavatlari o‘rtasida “Orasta qizlar” (pishiriq va pazandachilik) tanlovi, fakultetlar o‘rtasida osh musobaqasi, Sportning stol tenisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Shuningdek, “Rektor kubogi” uchun talaba-yigitlar o‘rtasida “Mini futbol” musobaqasi, talaba-qizlar o‘rtasida esa “Voleybol” musobaqasi tashkil qilindi.  Milliy o‘yinlarimizdan esa yigitlar o‘rtasida: “Arqon tortish”, “tosh ko‘tarish”, “doiradan chiqar”, “Kuch sinashish” kabi, qizlar o‘rtasida esa “ Qiyiq tortish”, “ Arqonda saklash”, “Jamila, “To‘p tosh”, jamoalar ishtirokida “Oq terakmi? – Ko‘k terak?”, “Lanka tepish” kabi o‘yinlar o‘ynaldi.

Yakunda, jamoaviy hamda yakka tartibdagi o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblari va faol ishtirokchilar institut rahbariyati tomonidan taqdirlandi va institut rektoridan diplom va esdalik sovg‘alarini qabul qilib oldilar. Festival urf-odatlarimiz va milliyligimizni o‘zida mujassam etgan holda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!