alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA TALABALARNING OTA-ONALARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

14:35 23.05.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida Pediatriya fakulteti talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik F.G‘iyasov, podpolkovnik A.Raxmanov va Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik B.Yunusov, Andijon shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari  B.Arslanov hamda institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Salohiddinov, Rektor maslahatchisi X.Zokirov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, institut profilaktika katta inspektori J.Xo‘jayev ishtirok etdilar.

Tadbir davomida so‘z olganlar talabalarning darslarga o‘z vaqtida qatnashib, berilgan bilimlarni o‘zlashtirishlari, bo‘sh vaqtlarini foydali ishlarga sarflashlari muhimligi haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, taʼlim muassasasi va ota-onalar hamkorligi borasida maʼlumotlar berib oʻtildi. Ota-onalar ham farzandini doimiy tarzda nazorat qilgan holda, ularning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etishlariga ko‘mak berishlari alohida ahamiyatga ega ekanligi aytib o‘tildi.

Qolaversa, talabalar va ularning ota-onalariga kiyinish madaniyati, odob-axloq yaʼni  institutning ichki tartib, qoidalari batafsil tanishtirib o‘tildi. Ota-onalar ham o‘z navbatida talabalarning kelajagiga befarq bo‘lmay har bir ishga jonkuyarlik bilan yondashayotgan ustozlarga minnatdorchilik bildirdilar va farzandlarini doimiy tarzda nazorat qilishlarini aytib o‘tdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!