alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” BO‘LIB O‘TDI

20:36 19.06.2023

Joriy yilning 19-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Zamonamiz qahramonlari” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib, ustozlarga yoshlar kelajagiga befarq bo‘lmagan holda  uchrashuvda qatnashayotganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuvda isteʼfodagi tibbiy xizmat polkovnigi, dotsent S.Shamsutdinov, Mudofaa vazirligi faxriylar ishlari bo‘yicha Andijon viloyat Faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi  podpolkovnik M.Xoliqov, Hayot xavfsizligi kafedrasi assistenti podpolkovnik R.Ibragimov, assistant Q.Sharipov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida so‘z olganlar yoshlikda olingan bilimlar bebaho ekanligi, u insonning doimiy hamrohi bo‘lishi haqida so‘z yuritib, yoshlarni ayni pallada ko‘plab bilimlarga ega bo‘lishga chorladilar.

Shuningdek, yoshlarni turli zararli odatlardan holi yashash va o‘ztanlagan sohalarining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlari uchun o‘z maslahatlarini aytib o‘tdilar.  Talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ustozlardan batafsil javoblar oldi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!