alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida xalqaro ekspert ishtirokida seminar

13:33 20.01.2020

Andijon davlat tibbiyot institutiga Germaniyaning Leybnits Qishloq xo‘jaligi landshaflarini o‘rganish tadqiqot markazi (ZALF) katta ilmiy xodimi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat xavfsizligi ekspertlar guruhi (HLPE) a’zosi Dilfuza Rustamovna Egamberdiyeva tashrif buyurdi.

Xalqaro ekspert institut rektori M.M.Madazimov boshchiligidagi institut jamoasi bilan samimiy suhbatda bo‘ldi. Suhbat jarayonida institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlil etildi.

Shundan so‘ng, “Buyuk kelajak” xalqaro notijorat tashkiloti hamda institutning Umumiy gigiena, Ijtimoiy gigieniya va sog‘liqni saqlashni boshqarish, 2-umumiy amaliyot shifokorlari tayyorlash kafedralari hamkorligida “Xalqaro ilmiy iqtiboslar ma’lumotlari bazasi: “Web of Science” va “SCOPUS” va mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Germaniyaning Leybnits Qishloq xo‘jaligi landshaflarini o‘rganish tadqiqot markazi (ZALF) katta ilmiy xodimi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat xavfsizligi ekspertlar guruhi (HLPE) a’zosi Dilfuza Rustamovna Egamberdiyeva, institutning etakchi professor-o‘qituvchilari, ilmiy rahbarlar, doktorant va tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

Doktor D.R.Egamberdiyeva biologiya, kimyo yo‘nalishlari bo‘yicha Xitoy, Angliya, Germaniya, Italiya, Finlyandiya, Gollandiya kabi davlatlarning nufuzli ilmiy-tadqiqot, ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatgan.

Xalqaro ekspert, doktor D.R.Egamberdiyeva seminar ishtirokchilariga ilm-fanning rivojlanishida xalqaro aloqlarning ahamiyati, ilmiy ishlarga xalqaro miqyosda qo‘yilayotgan talablar xususida hamda “Profilaktik tibbiyotda to‘g‘ri ovqatlanishning o‘rni” mavzusida ma’ruza qildi. Seminar ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

“Xalqaro ilmiy iqtiboslar ma’lumotlari bazasi: “Web of Science” va “SCOPUS” mavzusidagi seminar institutda ilmiy ishlar samaradorligini oshirishda alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.
Doktor D.R.Egamberdiyeva tashrifi davomida simulyasion markazida bo‘lib talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.




Z.A.Ergashyeva

ADTI 2-UASHT kafedrasi mudiri

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!