alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida xorijlik talabalar almashinuvi davom etmoqda

13:13 23.10.2019

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning alohida e’tibori bilan oliy o’quv yurtlarimizning moddiy-texnik bazasi yuksalib, ta’lim-tarbiya samardorligi o’sib borayotganligi uchun institut, universitetlarimizning xalqaro miqyosdagi nufuzi ham oshib bormoqda. Jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti bugungi kunda 40 dan ziyod xorijiy muassasa, tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.

Ayni paytda institut rahbariyati bilan Qirg’iziston Respublikasi Bishkek shahrida ta’lim almashinuvi xizmatini tashkil etuvchi firma rahbariyati va mutaxassislari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Xorijlik mehmonlar institut rektori M.M.Madazimov va institut prorektorlari bilan Hindiston, Qirg’iziston davlatlarining 2-, 3-bosqich  talabalaridan bir gurhini Andijon davlat tibbiyot institutida o’qishlarini davom ettirishlari bo’yicha muzokara qilishdi.

Tashrif davomida hindistonlik Sharma Ishvari Narayan va Barade Amit Radjkumar firma nomidan institut talabalari uchun ingliz tilidagi anatomiyaga oid kitoblar to’plamini taqdim etdi. Uchrashuv davomida ikki tomon uchun ham foydali masalalar muhokama qilindi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!