alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA

16:05 16.08.2023

Ayni kunlarda, respublikamiz bo‘ylab “Obodonlashtirish oyligi” bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, Andijon davlat tibbiyot institutida ham  muassasa hududini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, institut hududidagi binolarning kuz-qish mavsumiga tayyorgaligi, o‘quv hamda talabalar turar-joylarida talabalarga yetarlicha shart-sharoit yaratib berish, binolar atrofini ko‘kalamzorlashtirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish borasida obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.

Shuningdek, tabiatni o‘z holicha asrab-avaylash maqsadida institut hovlisidagi har bir daraxtga rahbar va ishchi xodimlar javobgar etib biriktirildi va hududlar bo‘limlar hamda fakultetlarga taqsimlandi.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!