alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTINING BAKALAVRIYAT YO`NALISHIDA TAHSIL OLAYOTGAN BARCHA TALABALARI DIQQATIGA!

11:34 06.06.2022

Qadrli talaba-yoshlar!

2022-yil 10-iyun kuni soat 11.00 da  Andijon davlat tibbiyot instituti ARM qoshidagi o’quv zalida “Giyohvandlikka qarshi kurashish” oyligi doirasida aholi, ayniqsa, yoshlar o`rtasida giyohvandlik va uning nohush oqibatlari, keng tarqalishini oldini olish, yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish, og`u yo`liga yo`lamaslik uchun ularda immunitet hosil qilish maqsadida “Giyohvahdlik – kelajak zavoli” mavzusida esselar tanlovi o`tkaziladi. Tanlov g`oliblari institut rektori tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg`alari bilan taqdirlanadi.

Mazkur tanlovda barcha talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz. Sizning kichkinagina da`vatingiz sog`lom va baxtli hayotimiz uchun zamin bo`lishi mumkin.

Tashkiliy qo`mita.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!