alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutining kitobxon yoshlari diqqatiga !

12:18 03.04.2024

Institut talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlov institut bosqichida, fakultetlararo tuzilgan har bir fakultetdan 1 tadan jamoa ishtirok etishi mumkin. Har bir jamoada 6 tadan ishtirokchi bo‘lishi talab etiladi.

Qatnashchilar 2 ta shart bo‘yicha bellashadi:

1-shart “Men yoqtirgan asar” sharti.

Bunda, ishtirokchi jamoaning faqat 1 ta jamoa a’zosi tomonidan “Men yoqtirgan asar” nomi ostida o‘zi sevib o‘qigan asari bo‘yicha qisqacha 3 daqiqa annotatsiya beradi. Ushbu shart 1-10 ballgacha (maksimal 10 ball) baholanadi.

2-shart “Eng bilimdon kitobxon” savol-javob sharti.

Bunda, tanlov ishtirokchilari o‘rtasida 30 ta Jadidlar hayoti va ijodidan savol-javob o‘tkaziladi. Barcha jamoalarga bir vaqtning o‘zida bir xil savol beriladi. Jamoalar bergan javoblarini 1 daqiqa ichida blankka yozib berishlari kerak bo‘ladi. Ushbu shart 1 ta savol uchun 1 balldan jami 30 ball bilan baholanadi.
Jamoalrning to‘plagan ballari o‘zaro teng kelib qolgan taqdirda 2-shart asosida qo‘shimcha savollar beriladi va g‘olib jamoa aniqlanadi.

Ushbu tanlovda ishtirok etish istagidagi talaba-yoshlar fakultetlar dekanatlariga murojaat qilishlari mumkin. tanlov haqida to‘liq ma’lumotlarni ushbu nizomdan bilib olishingiz mumkin.

Tanlov joriy yilning 8-aprel kuni soat 10:00da o‘tkaziladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!