alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutining "O'z mutaxassisligi bo'yicha yilning eng bilimdon talabasi"

14:42 08.02.2020

Andijon davlat tibbiyot institutining davolash yo’nalishi 3- bosqich 315- guruh talabasi Muhammadayubxon Murodxon o’g’li Boboyev faol talabalardan.
Muhammadayubxon hozirgacha 40 dan ortiq ilmiy maqolalar maqolalar, 100 ga yaqin tezislar, 3 mualliflik huquqi (patent), 10 ta ratsionalizatorlik takliflari, 10 ta amaliyotga tadbiq etilgan ishlar, 3 ta start up loyihalari muallifi. O’tgan uch yil davomida 40 yaqin ilmiy-amaliy anjumanlar ishtirokchisi va sovrindori. 2019-yil Rossiya davlatining Voronej shahrida o’tkazilgan «YIL TALABASI» tanlovi g’olibi. O’zbekistonda o’tkazilgan yil talabasi tanlovining «O’z mutaxassisligi bo’yicha yilning eng bilimdon talabasi» naminatsiyasi bo’yicha Respublika bosqichida 3- o’rinni egalladi.
Ilmiy ishlarini hozirgi kunda dolzarb mavzu hisoblangan allergik kasalliklar haqida olib boryapti. Muhammadayubxon Boboyevga yangi-yangi yutuqlar tilaymiz!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!