alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutiga Chuvash davlat universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

19:21 10.03.2020

Andijon davlat tibbiyot institutiga  Rossiya Federatsiyasining Chuvash davlat universiteti xalqaro faoliyat boshqarmasi boshlig‘i, tibbiyot fanlari doktori, professor E.L.Nikolayev hamda shu universitetning xalqaro ta’lim bo‘limi xodimasi E.S.Alikseyevalar tashrif buyurdilar.


Xorijlik mehmonlar  bilan institut rektori, professor M.M.Madazimov hamda institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Sh.Arziqulov va xorijiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinovlar suhbatda bo‘lishdi. Suhbat jarayonida mehmonlarni institutning ilmiy salohiyati, o‘quv, amaliy imkoniyatlari, xorijiy tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik aloqalari bilan tanishtirdilar.


Samimiy muloqot davomida professor E.L.Nikolayev turli yo‘nalishlarda, jumladan psixologiya yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, talabalar almashinuvi, qo‘shma fakultetlar ochish, seminar-treninglar tashkil etish borasida takliflarini bildirdi.  Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi takliflar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi, tegishli kelishuvlar imzolandi.


Shundan so‘ng Chuvash davlat universiteti delegatsiyasi institut simulyasion markazida bo‘lib talabalarning amaliy mashg‘ulotlarini kuzatdilar, ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.


Chuvash davlat universiteti delegatsiyasining Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrifi ikki tomon uchun ham foydali kelishuvlar bilan yakunlandi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!