alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTINING XALQARO HAMKORLIKLARI MUSTAHKAMLANMOQDA

16:00 19.06.2023

Joriy yilning 17–19-iyun kuni Janubiy Koreya davlati Seul shahridagi yetakchi Ginekologiya markazi direktori, professor Meakey Roh  Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif institut mutaxassislarining Janubiy Koreyaga bo‘lgan safari doirasidagi kelishuv asosida amalga oshirildi.

Koreyalik professorni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov kutib olib,  institutdagi o‘qish va ilmiy yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Shuningdek, 1-Akusherlik va ginekologiya kafedrasining klinik bazasi bo‘lgan Andijon viloyat perinatal markazida bo‘lib, markaz faoliyati va asosiy bo‘limlar bilan tanishtirdi.

Professor Roh Viloyat perinatal markazida homilador ayollar va xodimlar uchun tashkil etilgan shart-sharoitlar, yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarning mavjudligi, laboratoriya va diagnostika  bo‘limlari faoliyati haqida ijobiy fikr bildirdi. Kafedraning professor-oʻqituvchilari va shu yerda ta’lim olayotgan talabalar bilan uchrashib muloqot qildi.

Qolaversa, mutaxassis institutning jarrohlik kafedralari joylashgan klinik bazalari faoliyatini ko‘zdan kechirdi va Andijon shahridagi xususiy tibbiyot markaz va shifoxonalari bilan tanishdi.

Yakuniy uchrashuvda Meakey Roh bilan kelajakda xalqaro aloqalarni yana-da mustahkamlash, hamkorlikda ilmiy izlanishlarni olib borish va mutaxassislar orasida malaka oshirishni tashkil qilish haqida kelishuvga erishildi. Mehmonga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!