(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA COVID-19 TEZKOR SHTABI FAOLIYAT OLIB BORMOQDA

15:45 06.08.2020

Bugungi kunda butun dunyo koronavirus pandemiyasi tufayli katta sinovni boshidan kechirmoqda.
Koranavirusning oldini olish va davolash bo‘yicha amalga oshirayotgan tizimli ishlarga ko‘maklashish maqsadida Andijon Davlat universitetida ham Covid-19 shtabi tashkil etildi. Shtab tuman va shahar sog‘liqni saqlash muassalari bilan tezkor bog‘lanish uchun zurur bo‘lgan aloqa vositalari, internet bilan ta’minlangan.
Viloyatimizdagi 4 ta oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va professor-o‘qituvchilaridan iborat tezkor shtab a’zolari viloyatda koronavirusni bartaraf qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, uy sharoitida karantinga olinganlar, gumonlanuvchilar, kasallar, karantin davrida hududlardagi vaziyat bo‘yicha monitoring ishlari olib borishmoqda.
Har bir tumanga mas’ullar biriktirilgan bo‘lib, ulardan olingan tezkor ma’lumotlar viloyat shtabiga taqdim etilmoqda.
Bugungi murakkab sinovlarni yengib o‘tishida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar ham o‘zlarining insoniy burchlarini sidqidildan bajarishmoqda.

Manba: AUZ.uz