ANDIJON SHAHRIDA «UNIVERSIADA-2021» SPORT MUSOBAQALARINING “BELBOG‘LI KURASH” TURI BO‘YICHA MUSOBAQALAR O‘TKAZILMOQDA.

image_pdfYuklab olish (pdf)

Ushbu tadbirni yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, hamda Andijonga tashrif buyurgan sportchilarga yetarli sharoitlar yaratish  maqsadida, Andijon davlat tibbiyot institutida bir talay ishlar amalga oshirildi.

Institut sport zalining ichki va tashqi tomonlari tegishli shiorlar, yozuvlar bilan bezatildi. Musobaqa qatnashchilarining maroqli dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilib, ular yotoqxona, uch mahal issiq ovqat va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlandi.

Ushbu musobaqaning Yurtimiz va oliygohimiz tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lib qolishiga ishonamiz va sportchilarimizga omad va zafarlar tilaymiz!

123